Линклар

Ukrainada sobiq sovet diktatori Iosif Stalin buyrug‘iga ko‘ra amalga oshirilgan Qrim tatarlari deportatsiyasi qurbonlari xotirlanmoqda. 1944 yil 18 may kuni 200 mingdan oshiq tatar aholisi Qrimdan majburan ko‘chirilib Markaziy Osiyo, asosan sobiq O‘zbekiston SSRning chekka qishloqlariga olib borib tashlangan.

Chorshanba kuni tushda butun Ukraina bo‘ylab qurbonlar xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlandi. Lekin Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimda Stalin deportatsiyasi qurbonlarini xotirlash marosimi o‘tkazilmadi. Moskva hukumati 2014 yil yarim orolni Ukrainadan tortib olishi ortidan bu sanani xotirlashni taqiqlab qo‘ygan.

2015 yilda Ukraina parlamenti 18 may kunini Qrim tatarlari genotsidi qurbonlarini xotirlash kuni sifatida nishonlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qilgan.

Qrim mintaqasi poytaxti Simferopolda 18 may kuni noma’lum kishilar Stalinni xotirlovchi yodgorlikka pushtirang bo‘yoqni sepib ketdi.

1944 yil 18 may kuni boshlangan ommavyi deportatsiya paytida minglab odam yo‘lda nobud bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG