Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:59

BahsOnline: Yoshlarga bitiruv kechalari o‘tkazishga ruxsat berish kerakmi?


Toshkent maktablaridan birida 2014 yilda bo‘lib o‘tgan "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbiri
Toshkent maktablaridan birida 2014 yilda bo‘lib o‘tgan "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbiri

BahsOnlinening bu galgi sonida umumta’lim maktablarini bitirgan yoshlarning bitiruv kechalari o‘tkazilishiga taqiq qo‘yilgani munozara qilinadi. Siz ham bu bahsga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz 19 may, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.05dan keyin OzodlikOnline, OzodSkype, OzodOvoz Skayp manzillari hamda IMO, WhatsApp, VIBER orqali bog‘laning.

O‘zbekistonda bir necha yildan buyon maktabni tugatgan o‘quvchilarga bitiruv kechalarini o‘tkazish man qilingan.

Bu yil ham O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarga bitiruv kechalari o‘tkazishni, imtihonlarga pul yig‘ishni, direktor hamda o‘qituvchilarni qimmatbaho sovg‘alar taqdim qilishni taqiqladi.

Yoshlar hayotlarida bir marta bo‘ladigan maktab bilan xayrlashuv tadbirini, bog‘larda, restoran yoki kafelarda nishonlashni orzu qiladi.

Xalq ta’limi vazirligi esa bu tadbir kunduz kuni maktabda, faqat maktab formasida, hech qanday ziyofatsiz tashkil qilinishini talab qilmoqda.

Vazirlik bu taqiqning sababini bitiruv kechalarida turli xil ko‘ngilsizliklar va noxush hodisalarning oldini olish bilan izohlaydi.

Ayni paytda, bitiruvchilar hukumat ularning erkinligiga daxl qilayotganidan shikoyat qiladilar. Yoshlar fikricha, to‘qqiz yil birga o‘qigan sinfdoshlar va ularga ta’lim bergan ustozlar bilan xayrlashuv oqshomlarini tashkil qilishning hech qanday yomon tomoni yo‘q.

Xo‘sh, sizningcha, hukumat yoshlarning bitiruv kechalarini o‘tkazishga qo‘yilgan taqiqini bekor qilishi kerakmi yoki yo‘q?

Agar siz ham bu bahsga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz 19 may, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.05dan keyin OzodlikOnline, OzodSkype, OzodOvoz Skayp manzillariga bog‘laning.

Siz shuningdek jonli eshittirishga:

IMO: +420 724 971 539

WhatsApp: + 420 724 971 539, + 420 602 612 713

VIBER: + 420 602 612 713 bilan bog‘lanishingiz mumkin.

Savollaringizni, sharh sifatida qoldirishingiz, shuningdek, sadriddin61@gmail.com elektron pochta manziliga ham yuborishingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG