Линклар

logo-print

Hozir arxivda saqlanayotgan hujjatlarga ko‘ra¸ 1944 yili tatarlarning 183 ming 155 nafari badarg‘a qilingan. Shundan 151 ming 136 nafari O‘zbekistonga jo‘natilgan.

1944 yilda Stalin qaroriga ko‘ra, badarg‘a qilingan Qrim tatarlari 1989 yil Gorbachyov izni bilan vatanlariga qayta oldilar xolos.

Bugun Rossiya ishg‘oli ostida xavotirli kunlarni boshdan kechiraëtgan Qrim tatarlari O‘zbekistonni minnatdorlik tuyg‘ulari bilan eslashmoqda.

Har yili 18 may kuni ana shu minnatdorlik ramzi o‘laroq qad rostlagan yodgorlik poyi gullar bilan to‘ladi.

Vatan haqida dars

1982 yilda Toshkentdagi Nizomiy nomidagi pedagogika institutidan bizni Mirzacho‘lga paxtaga olib ketishdi. Qrim tatar filologiyasi fakulteti talabalari ham biz bilan bir barakka joylashdi.

Bizdan sal naridagi kolxoz do‘koniga ul-bul olgani kirib¸ rus rassomining “Qrim manzarasi” degan asari reproduktsiyasiga ko‘zim tushdi. Olgan narsalarning qaytimiga bu rasmni olib barakdagi chorpoyamga ilib qo‘ydim.

Shu payt yonimga bir Qrim tatar filologiyasida o‘qiydigan talaba kelib¸ nega aynan bu rasmni osganim bilan qiziqdi. Men bu rassom uslubiga qiziqishimni aytdim. Talaba men uchun tushunarsiz hissiët bilan “Qrim mening vatanimdir”, dedi va rasmni sovg‘a qilishimni so‘radi.

Yomonotliq qilingan el

Keyinchalik men Qrim tatarlarini o‘z uyidan quvib chiqargan Stalin farmoni bilan tanishdim. Ustiga o‘ta maxfiy deya unvon qo‘yilgan 5859-raqamli bu hujjatga 1944 yilning 11 mayida imzo chekilgan.

Bu hujjat Qrim tatarlarini rasman “vatan xoinlari” deya e’lon qilib, ularni surgun holatda ushlab turishni ko‘zda tutadi.

Surgun kunlari

O‘sha paytdagi O‘zbekiston rahbari Usmon Yusupov zimmasiga Qrim tatarlarini joylashtirish bilan birgalikda ularga qarshi o‘zbek xalqi orasida nafrat uyg‘otish vazifasi ham yuklanadi.

Surgunda dunyoga kelgan Dilovar aka Usmon Ozodlik muxbiri bilan bundan etti yil avval bo‘lgan suhbatda bularni eslagan edi.

- Qrim tatarlari O‘zbekistonga kelishi oldidan O‘zbekistonda Qrim tatarlariga qarshi siyosat¸ propaganda olib borildi. Sovetlar hokimiyati tomonidan “Qrim tatarlari sotqin¸ xoin” degan propaganda amalga oshirildi.

Qrim tatarlari hayvonlar uchun mo‘ljallangan vagonlarda O‘zbekistonga olib kelingan paytda¸ ularni odamlar qo‘llarida toshlar¸ taëqlar bilan kutib turgan.

O‘sha odamlar vagondagi yosh bolalar¸ ayollar¸ qariyalarni ko‘rgan paytda¸ qo‘llaridan toshlari va tayoqlari tushib ketgan. Ular bizning abgor ahvolimizni ko‘rib rahmlari kelgan. Ular bizga non berib¸ suv berib yordam qilishdi¸ deydi Dilovar Usmon.

Oqmachitdagi Ismoil Gaspirinskiy kutubxonasi rahbari Aydar Emirovga ko‘ra¸ O‘zbekistondagi surgun haëtida tatarlar yaxshi kunlarni ham¸ yomon kunlarni ham ko‘rishgan.

- Har bir jamiyatda har turli kishilar bor. Bularning ichida yaxshilari ham bor¸ ëmonlari ham bor. “Ket bu yerdan” degan odamlar ham bo‘ldi¸ deydi Aydar Emirov.

“Ammo biz tatarlar uchun O‘zbekistonda yaxshi kunlar ko‘p bo‘ldi. Hatto¸ yaxshi degan kalima Qrim tatar lug‘atiga aynan O‘zbekistonda kirdi”¸ deydi Aydar Emirov.

- Masalan¸ yaxshi degan so‘z oldin Qrimda “oru” deb aytilgan ekan¸ degan edi Aydar Emirov.

Yana bir suhbatdosh Dilovar Usmonga ko‘ra¸ nafaqat lug‘at¸ balki Qrim tatarlarining dasturxoni ham boyigan.

- O‘zbek oshlari¸ lag‘moni¸ mantilarini o‘zimiz bilan birga olib keldik¸ degan edi Dilovar Usmon.

“O‘zbekiston biz uchun surgun uyi emas¸ balki o‘z uyimiz kabi qadrdon. Hali-hali o‘zbek qo‘shiqlari qulog‘imda jaranglaydi”¸ deya turib¸ "Namanganning olmasi" qo‘shig‘ini xirgoyi qilib¸ ko‘ziga ësh olgan edi Dilovar Usmon.

Qrim tatarlarining ilk isyoni

Dilovar Usmonga ko‘ra¸ Qrim tatarlarining o‘z haq-huquqlari uchun kurash maydoni ham O‘zbekiston bo‘lgan.

- Birinchi piketlar¸ birinchi mitinglar 1966 yilda Bekobodda bo‘lgan edi. Bu piketni militsiya yordamida¸ o‘t o‘chiruvchi mashinalar yordamida tarqatishgan edi¸ deya eslaydi Dilovar Usmon.

Hali go‘zal Qrim olis¸ hali totor uzoqlarda

Qrim tatarlarining bu isyoni o‘zbek muxolifatchilarini ilhomlantirgan edi. 1989 yilda o‘zbek shoiri Mirza Kenjabek “Hali go‘zal Qrim olis¸ hali totor uzoqlarda” degan satrlarni yozdi.

Taniqli o‘zbek shoiri Rauf Parfi Qrim tatarlari ozodlik harakati yashirin tashkilotiga¸ ularni qo‘llash maqsadida a’zo bo‘lgan edi.

2009 yilda Qrimdagi Oqmachit (Simferepol) shahrida tatarlarga boshpana bergan o‘zbek xalqiga minnatdorlik yozuvlari bitilgan ëdgorlik ham o‘rnatildi.

Hukumat o‘qlaridan qochib Ruminiyaga kelgan andijonliklarni ilk ziyorat qilganlar ham O‘zbekiston suvini ichgan Qrim tatarlari bo‘ldi

- Andijon voqealari bo‘lganda bizning Qrim tatarlari Ruminiyaga borib¸ andijonlik qochqinlar bilan uchrashib¸ oshlar pishirib¸ yordam berdilar¸ degan edi Dilovar Usmon.

Bundan 70 yil oldin o‘z uylaridan O‘zbekistonga badarg‘a qilingan va hozir yana vatan qo‘ynida yashayotgan Qrim tatarlari “Bir kun tuz ichgan joyingga qirq kun salom berish kerak” degan fikrda

XS
SM
MD
LG