Линклар

Moskvada 18 may kuni bankka hujum qilgan shaxs politsiya maxsus otryadi snayperi tomonidan otib o‘ldirildi.

Moskva politsiyasining bildirishicha, chorshanba kuni kechqurun Moskvaning Pervomaysk ko‘chasidagi bankka qurolli hujum bo‘lgan va hujumchi bankning bir necha xodimini garovga olgan.

Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlariga hujumchi unga 4,5 million rubl va 13 ming yevro miqdorda pul kerakligini, agar bu talab bajarilmasa garovdagilarga qo‘shib o‘zini portlatib yuborishini bildirgan.

Hujumchi qo‘lbola portlovchi moslamani portlatishga harakat qilayotgan paytda otib o‘ldirilgan.

Garovdagilarga ziyon yetmagani va ularning salomatligi yaxshi ekani aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG