Линклар

logo-print

Ukraina Bosh prokuraturasi mamlakatning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich Kievga kelib, o‘ziga nisbatan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha ko‘rsatma beradigan bo‘lsa, uning xavfsizligini kafolatlashi haqida bayonot berdi.

Chorshanba kuni Yanukovichnnig advokati Vitaliy Serdyuk o‘z himoyasidagi odam xavfsizligiga kafolat bo‘lmagani uchun Kievga kela olmayotganini ma’lum qilgan edi.

Advokat, shuningdek, Ukraina prokuraturasi sobiq prezident mamlakatda 2014 yil qishida bo‘lib o‘tgan inqilob ishtirokchilarini o‘qqa tutilishiga aloqador ekani to‘g‘risida dalillarga ega emasligini aytdi.

Kievda 2014 yilning qishida inqilobchi namoyishchilar va politsiya o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda yuz odam halok bo‘lgan edi. Ukrainaning amaldagi hukumati namoyishchilarga qarata o‘q otishga shaxsan Yanukovichning o‘zi buyruq bergan, deb hisoblaydi. Yanukovich esa bu ayblovni rad etib keladi.

XS
SM
MD
LG