Линклар

Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziri Amangeldi Muralievning o‘g‘li Altinbek Muraliev josuslikda aybdor deb topilib 12 yilga qamaldi.

Qirg‘iziston Oliy sudi matbuot xizmatining bildirishicha, 17 may kuni Bishkek shahar Birinchi may tuman sudi Altinbek Muralievni maxfiy hujjatlarni nomi aytilmayotgan xorijiy davlat maxsus xizmatlari vakillariga topshirganlikda aybdor, deb topilgan.

Muralievga nisbatan sud jarayoni yopiq eshiklar ortida o‘tkazilgan. Qirg‘iziston hukumatining tashqi aloqalar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Altinbek Muraliev 2014 yilning 1 noyabrida qo‘lga olingan edi.

Uning otasi Amangeldi Muraliev 1999-2000 yillarda Qirg‘iziston bosh vaziri bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG