Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 07:54

Olmaotadan 40 nafar o‘zbek deportatsiya qilinadi


Qozog‘istonning Olmaota shahridan 40 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilinadi. Bu haqda shahar politsiyasiga tayangan holda Tengrinews.kz nashri xabar berdi.

Nashrning bildirishicha, Olmaotada 16-20 may kunlari o‘tkazilayotgan “Nolegal” amaliyoti paytida shahardagi qurilishlardan birida ishlayotgan o‘zbekistonlik 40 odam qo‘lga olingan. Ularning yonlarida hech qanday hujjatlari bo‘lmagani uchun, muhojirlar maxsus bo‘lishtiruv punktida saqlanmoqda.

Olmaota politsiyasi rasmiylarining bildirishlaricha, muhojirlarning shaxsi aniqlanganidan so‘ng ular O‘zbekistonga deportatsiya qilinadi.

XS
SM
MD
LG