Линклар

Toshkent viloyatining Angren shahrida chorshanba kuni Bolgariya bilan hamkorlikda tashkil etilgan chiqindi materiallardan bazaviy moylar ishlab chiqarish zavodining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanada O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov ham ishtirok etgan.

Mazkur zavod yiliga 43 ming tonna chiqindi materiallarni qayta ishlab, 30 ming tonna bazaviy moy ishlab chiqaradi. Bolgariya tomoni mazkur loyiha uchun 15 million dollar sarmoya kiritgan.

Rasmiy xabarda aytilishicha, zavod ishlab chiqargan mahsulotning 40 foizi xorijga eksport qilinadi.

Boyko Borisov O‘zbekistonga kelgan birinchi bolgar rasmiysi bo‘ldi. 18 may kuni Borisovni O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda qabul qildi.

XS
SM
MD
LG