Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:16

Qozog‘istonda muxolifatga bosim kuchaymoqda


Qozog‘istonda 21 may kuni bo‘lib o‘tishi e’lon qilingan norozilik mitinggi arafasida faollarga nisbatan bosimlar kuchaymoqda.

Sudlar Ostona, Olmaota va qator shaharlarda qishloq xo‘jalik erlarining xorijliklarga sotilishiga imkon yaratuvchi qonun qabul qilinganiga qarshi namoyish uyushtirmoqchi bo‘lgan faollarni qamoqqa olish bo‘yicha hukmlarni chiqarmoqda.

Bunga qadar Qozog‘istonning ko‘plab shaharlarida yer sotilishiga qarshi norozilik mitinglari bo‘lib o‘tgan edi. 21 may kuni faollar umumdavlat miqyosidagi norozilik mitingini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi.

Norozilik mitinglari ortidan prezident Nursulton Nazarboev 5 may kuni mazkur qonunga 2017 yilgacha moratoriy e’lon qilgan edi. Ammo faollar bu qonun bekor qilinishini talab etmoqdalar.

XS
SM
MD
LG