Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:25

Parij-Qohira yo‘nalishida uchayotgan samolyot O‘rta yer dengizi ustida yo‘qolib qoldi


EgyptAir shirkatining Parijdan Qohiraga uchayotgan paytda radardan yo‘qolgan yo‘lovchi uchqichini qidirish ishlari davom etmoqda.

Bugun tongda Parijdan havoga ko‘tarilgan Airbus A320 uchqichi bortida 56 yo‘lovchi va 10 ekipaj a’zosi bo‘lgan.

Misr harbiylariga ko‘ra¸ uchqich O‘rta yer dengizi ustida uchaëtgan mahal Misr havo hududiga o‘tganidan so‘ng radardan yo‘qolgan.

Hozirda Misr va Gretsiya kemalari va uchqichlari yo‘qolgan uchqichni qidirish jarayoniga jalb etilgan.

Misr va Fransiya rahbarlari uchqichning yo‘qolishida biror taxmin ehtimoldan soqit qilinmayotganini bildirdi.

Mart oyida Aleksandriyadan Qohiraga uchayotgan uchqich beliga bomba bog‘langanini iddao qilgan yo‘lovchi talabi bilan Qibrisga qo‘ndirilgan va olti soatlik muzokaralardan so‘ng¸ bu shaxs taslim bo‘lgan edi.

O‘tgan yil oktyabr oyida bortida 224 odam bo‘lgan Rossiya yo‘lovchi uchqichi Misrning Sinay oroli ustida portlab ketgan edi.

“Islomiy davlat” terror guruhi uchqich yukxonasiga o‘ziga tarafdor aeroport xizmatchisi tomonidan olib kirilgan bomba uchqichni portlatganini iddao qilgan edi.

XS
SM
MD
LG