Линклар

logo-print

20-22 may kunlari Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha¸ majlisda ShHTga a’zo davlat rasmiylariToshkent sammitiga tayyorgarlik vaziyatini muhokama qiladi.

Xitoy¸ Rossiya¸ Qozog‘iston¸ Qirg‘iziston¸ Tojikiston va O‘zbekiston a’zo ShHTda Afg‘oniston¸ Belarus¸ Eron¸ Mo‘g‘uliston kuzatuvchi maqomiga ega. Turkiya¸ Shri Lanka¸ Ozarbayjon¸ Armaniston¸ Kambodja va Nepal tashkilotning muloqot sheriklari hisoblanadi.

2015 yil iyulida Ufada bo‘lib o‘tgan so‘nggi sammitda Hindiston va Pokistonni O‘zbekiston raisligi davrida taashkilotga rasman a’zo qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

ShHT sammiti 23-24 iyun kunlari o‘tkaziladi va Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ sammitga hozirlik doirasida hozirdanoq Toshkentda xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda.

XS
SM
MD
LG