Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:14

Antibiotiklarga chidamlilik oqibatida yiliga o‘nlab million odam o‘lishi mumkin


Britaniya hukumati tomonidan buyurilgan maxsus tadqiqot xulosasiga ko‘ra¸ agar zudlik bilan harakat qilinmasa¸ 2050 yilga borib antibiotiklarga chidamlilik oqibatida yiliga o‘nlab million odam oddiy infeksiyadan qirilib ketishi mumkin.

Bugun e’lon qilingan ilmiy xulosalarda aytilishicha¸ infeksiyalarning mavjud antibiotiklarga chidamliligi kuchayib borayotganbir vaziyatda arzimagan jarohat va keng tarqalgan infeksiyalar o‘lim bilan tugaydigan bo‘lib qoladi.

Antibiotiklarga chidamlilikni to‘xtatish uchun taklif qilingan ilmiy reja¸ yangi antibiotiklar avlodini yaratish¸ ulardan foydalanishda o‘ziga xos inqilob yasash va odamlarni bu tahdiddan ogohlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ma’rifiy kampaniyalar uchun milliardlab dollar investitsiya ajratishni ko‘zda tutadi.

Tavsiyalar orasida kambag‘al davlatlarda infeksiyalar yoyilishini to‘xtatish uchun odamlarning toza suv¸ va tozaroq kasalxonalarga ega bo‘lish imkonini oshirish¸ qishloq xo‘jaligida antibiotiklardan foydalanishni cheklash va farmatsevtika shirkatlariga har bir kashf etilgan yangi antibiotik uchun 1-1¸5 milliard dollar pul berish ham bor.

XS
SM
MD
LG