Линклар

Moskva shahar Nikulinsk sudi “Omadli jentlmenlar” filmida “Dotsent” obrazini yaratgan Yevgeniy Leonovga qo‘yilgan bronza haykalini o‘g‘irlanganlikda ayblangan 7 nafar o‘zbekistonlik ustidan hukm chiqardi.

Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi tarqatgan xabarga ko‘ra¸ sudlanganlardan olti nafariga 2 yilu 6 oylik¸ bittasiga esa¸ bir yilu besh oylik qamoq jazosi berilgan.

Avvalroq Moskva prokuraturasi “Dotsent” haykalini o‘g‘irlab, metallolomga sotgan yetti nafar O‘zbekiston fuqarosiga 10 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi va 1 million rubllik jarima solinishini so‘ragan edi.

Rasmiy ayblovga ko‘ra¸ 21 dan 27 yoshgacha bo‘lgan Abduhalim Rafiev, Behzod To‘raev, Fazliddin Shermatov, Usmonjon Umarov, Sardor Rafiqaliev, Asqarbek Abduhalilov va Bekzod To‘ychiboevlar Yevgeniy Leonovga qo‘yilgan bronza haykalini “Mosfilm” biqinida joylashgan “Yulduzlar alleyasi”dan tunda o‘g‘irlab ketgan.

XS
SM
MD
LG