Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:00

Istanbulda 98ta qalbaki qirg‘iz pasportining topilishi Bishkekda tergov qilinmoqda


Turkiyaning Istanbul shahri “Ota Turk” aeroportida 17 may kuni qalbaki qirg‘iz pasportlari bilan 98 nafar xitoylik uyg‘urning qo‘lga olinishi Qirg‘izistonda katta janjalga sabab bo‘ldi. Mazkur masala kelgusi haftada parlamentda ham muhokama qilinadi. Ayni paytda esa bu voqea yuzasidan Milliy xavfsizlik xizmati tergov ishlarini boshladi.

Qirg‘izistonda fuqarolarga pasport berishga mas’ul bo‘lgan Davlat ro‘yxatga olish xizmati Turkiyaning Istanbul shahri “Ota Turk” aeroportida 98 nafar xitoylik uyg‘urdan qalbaki qirg‘iz pasportlari topilishi voqeasi yuzasidan ichki tekshiruv boshlanganini ma’lum qildi.

Ro‘yxatga olish xizmatining bildirishicha, bu masalada Turkiya hukumatiga rasmiy so‘rov ham jo‘natildi.

- Mana shu pasportlarning nomerlari va seriyasini bizga aytsanglar, ularni o‘zimizning bazamiz orqali tekshirib chiqamiz, deb so‘rov yubordik. Lekin bizda mavjud dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, bu pasportlar qalbaki bo‘lgan. Ta’kidlayman, bu dastlabki ma’lumot. Tekshiruv natijalari bu ma’lumot naqadar to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanini ko‘rsatadi, - dedi Davlat ro‘yxatga olish xizmati matbuot kotibi Melis Erjigitov.

Qirg‘izistonda xorij davlat fuqarolarining uchinchi davlatlarda sohta qirg‘iz pasportlari bilan qo‘lga olinishi yuzasidan janjallar 2013 yildan beri tez-tez sodir bo‘lib turadi.

Qirg‘iz soxta pasportlari bilan Yevropa va Osiyo mamlakatlariga chiqib ketganlar orasida qozog‘istonlik va tojikistonlik muxolifatchilar, o‘zbekistonlik ayollar va Rossiyada mehnat qilayotgan tojik va o‘zbek muhojirlari borligi ham aniqlangan.

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi olib borilgan tekshiruvlar natijasida 2014 yildan buyon 40 mingga yaqin odamga noqonuniy ravishda qirg‘iz pasporti berilgani aniqlanganini ma’lum qilgan edi.

Xorij fuqarolaridan Qirg‘iziston pasportining topilishi voqeasi qirg‘iz parlamentining keyingi haftadagi sessiyasida ham muhkama qilinadi. Parlament deputati Almambet Shikmamatov bu voqea yuzasidan Milliy xavfsizlik xizmati ham tergov boshlaganini ma’lum qildi.

-“Qirg‘izistonning paspornti sohta, ko‘plab terrorchilar, jinoyatchilar Qirg‘iziston pasportini qo‘llanadi”, degan bahona bilan xorij davlatlarida yurgan 2 million vatandoshimizga turli to‘siqlar qo‘yila boshlanishi mumkin. Bundan tashqari sohta pasport bilan “Islomiy davlat” janggarilari Qirg‘izistonga kirib kelsa nima bo‘ladi? Bu o‘ta jiddiy masala. Shuning uchun bu voqeani biz o‘z nazoratimizga olib, Davlat ro‘yxatga olish xizmati hamda Milliy xavfsizlik xizmatidan to‘liq hisoboto talab qilamiz, -dedi deputat.

Turkiyadagi Nurriyet nashri 18 may kuni Istanbulning "Ota Turk" aeroportidan Saudiya Arabistoniga uchmoqchi bo‘layotgan 98 uyg‘ur qalbaki qirg‘iz pasportlari bilan qo‘lga olingani xaqida xabar tarqatgan edi. Ularga "Ota Turk" aeroportida qalbaki pasportlarni va Saudiya Arabistoniga biletlarni topshirgan to‘rt kishi ham qo‘lga olingani bildirilgan.

“Uyg‘urlar har bir qalbaki pasport uchun 2500 yevro va biletlar uchun 300 yevrodan pul to‘lagan”, deb xabar berdi Hurriyet nashri huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga tayangan holda.

Hurriyet nashrining yozishicha, tergov ishlari yakunlanganidan so‘ng uyg‘urlar Xitoyga deportatsiya qilinadi.

XS
SM
MD
LG