Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:08

O‘zbeklar dunyoda eng ko‘p choy ichadigan xalq bo‘lib chiqdi


Euromonitor tadqiqot markazi o‘tkazgan tahlil xulosasiga ko‘ra¸ O‘zbekiston dunyoda choy eng ko‘p ichiladigan mamlakat va o‘zbekistonliklarning 99¸6 foizi issiq ichimliklar ichida choyni birinchi o‘ringa qo‘yadi.

Dunyo bo‘ylab qahva va choy ichuvchilar nisbatini aniqlash¸ qaysi bozorning kengayib borayotganni o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotda O‘zbekiston choy ichish bo‘yicha birinchi¸ qahvaxo‘rlik bo‘yicha esa¸ oxirgi o‘rinni egalladi.

Choy ichish bo‘yicha birinchi o‘nlikka O‘zbekistondan keyin Keniya(99¸2)¸ Ozarbayjon(99¸1%)¸ Pokiston(99%)¸ Xitoy(98.9%)¸ Misr(98¸5%)¸ Marokash(96¸1%)¸ Qozog‘iston(95¸6%)¸ Nigeriya(95¸4%) va Hindiston (89%) kirdi.

Qahva ichish bo‘yicha Janubiy Amerika mamlakatlari yetakchilik qildi va birinchi beshlikka Gvatemala (99¸6%)¸ Dominikan Respublikasi(99¸5%)¸ Braziliya(97¸4%)¸ Ekvador(97¸4%)va Kosta Rika(96¸9) kirdi.

Tadqiqot mualliflariga ko‘ra¸ Osiyo qit’asi umumiyatla choy ichish bo‘yicha peshqadam va choyxo‘rlik sekin-asta Lotin Amerikasiga ham kirib bormoqda.

Ayni paytda¸ hisobot xulosasiga ko‘ra¸ dunë aholisining ko‘pchiligi choydan ko‘ra qahva ichishni ma’qul ko‘radi.

XS
SM
MD
LG