Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:50

Tojikistonda yana besh imom diniy ekstremizmda ayblandi


Tojikiston rasmiylariga ko‘ra¸ mamlakat shimolidagi beshta masjid imomi ekstremistik g‘oyalarni tarqatish¸ xususan¸ xorijdagi islomiy jangarilar safiga odam yollashda ayblanib¸ qamoqqa olingan.

Konibodom diniy ishlar bo‘limi rahbari Hasan Boboshukurovga ko‘ra¸ o‘tgan hafta qamoqqa olingan imomlar qishloq masjidlarida namozxonlarga shu mazmunda va’z qilib kelgan.

Tojik huquq tizimlari rasmiysining Ozodlikka bildirishicha¸ ayni imomlar yosh yigitlarni xorijdagi jihodiy guruhlar safiga qo‘shilishga ham da’vat qilgan.

Aytilishicha¸ bu imomlar Konibodomdao‘tgan oy qamoqqa olingan uch imom bilan yaqinligi bois¸ huquq tizimlari nazariga tushgan.

Joriy yilning to‘rt oyi davomida shimoliy So‘g‘d viloyatining Konibodom va boshqa tumanlarida jami 15 nafar imom ayni ayblar bilan qamoqqa olindi.

Dushanbe rasmiylariga ko‘ra¸ o‘tgan yillar davomida Suriya va Iroqdagi jihodiy guruhlar safiga qo‘shilgan tojikistonliklar soni 1000 dan oshgan.

XS
SM
MD
LG