Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:13

Mehnat vazirligi to‘rt oy ichida 76¸7 ming o‘zbekistonlikka ish topib berganini iddao qildi


19 may kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston Mehnat vaziri o‘rinbosari Bahodir Nizomov keltirgan raqamlarga ko‘ra¸ 2016 yil yanvar-aprel oylarida 193 ta tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazlariga ish so‘rab murojaat etgan 76,7 ming nafar fuqaro ishga joylashtirilgan.

Vazirlik e’lon qilgan hisobotga ko‘ra¸ 42,2 ming nafar fuqaro vaqtinchalik bir martalik ishlarga jalb qilingan.

To‘rt oy davomida ish qidirayotgan fuqarolar uchun maqbul ish qidirish muddatini qisqartirish maqsadida 383 ta bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etilgan va ularda 162,2 ming ish beruvchi vakillari va 78,9 ming nafar ish qidirayotgan fuqarolar qatnashgan.

Yarmarkalar natijasiga ko‘ra 13 ming nafar shaxs ishga yo‘llanma olgan, 37,9 ming nafar faol ish qidirayotganlarga mehnat, bandlik va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha maslahat berilgan.

Rasmiy statistikaga ko‘ra¸ 2015 yilgi ishsizlik darajasi 5¸2 foizni tashkil etgan.

Xalqaro ishsizlik darajasini o‘rganuvchi Trading Economics tahlil markaziga ko‘ra¸ O‘zbekistonda joriy ishsizlik darajasi 10¸7 foizni tashkil etadi.

Mustaqil kuzatuvchilarga ko‘ra¸ O‘zbekiston aholisining aksar ishga yaroqli qismi asosan Rossiyada mehnat muhojiratida yurganiga qaramay¸ mamlakatdagi ishsizlik darajasi rasmiy raqamlardan o‘nlab marta kattadir.

XS
SM
MD
LG