Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:14

O‘zbeklar choyxo‘rlik bo‘yicha dunyoda birinchilikni egalladi


O‘zbekiston dunyoda choy iste’mol qilish bo‘yicha etakchilik qilmoqda. Qarorgohi Londonda joylashgan Euromonitor International tashkiloti 18 may kuni e’lon qilgan “Choy yoki qaxva?” nomli hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining 99,6 foizi choyni afzal ko‘radi.

Choyxo‘rlik bo‘yicha o‘zbeklar choyning asl vatani sanalmish xitoyliklarni ham ortda qoldirdi.

O‘zbekiston choy iste’moli bo‘yicha dunyoda etakchi.
O‘zbekiston choy iste’moli bo‘yicha dunyoda etakchi.

​Euromonitor International tashkilotining “Choy yoki qahva?” nomli hisobotida choy ichish bo‘yicha birinchi o‘nlikka O‘zbekistondan keyin Keniya(99¸2)¸ Ozarbayjon(99¸1%)¸ Pokiston(99%)¸ Xitoy(98.9%)¸ Misr(98¸5%)¸ Marokash(96¸1%)¸ Qozog‘iston(95¸6%)¸ Nigeriya(95¸4%) va Hindiston (89%) kirdi.

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasiga ko‘ra, aholi soni 31 milliondan oshgan O‘zbekistonda yiliga 50 ming tonnaga yaqin choy iste’mol qilinadi.

Aholi jon boshiga hisoblaganda har bir o‘zbekistonlik bir yilda 2¸5 kilodan ortiq quruq choy iste’mol qiladi.

Nega o‘zbekistonliklar choy ko‘p ichadi? Ko‘p choy ichishning foyda-zarari qanday?

Ozodlikning bu kabi savollariga o‘zbekistonlik shifokor-blogger Qanot Odil javob berdi.

Чой кўп ичишнинг фойда ва зарари ҳақида Қанот Одил билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:51 0:00
Бевосита линк

Qahva ichish bo‘yicha Janubiy Amerika mamlakatlari etakchilik qildi va birinchi beshlikka Gvatemala (99¸6%)¸ Dominikan Respublikasi(99¸5%)¸ Braziliya(97¸4%)¸ Ekvador(97¸4%)va Kosta Rika(96¸9) kirdi.

Tadqiqot mualliflariga ko‘ra¸ Osiyo qit’asi umumiyatla choy ichish bo‘yicha peshqadam va choyxo‘rlik sekin-asta Lotin Amerikasiga ham kirib bormoqda.

Ayni paytda¸ hisobot xulosasiga ko‘ra¸ dunyo aholisining ko‘pchiligi choydan ko‘ra qahva ichishni ma’qul ko‘radi.

XS
SM
MD
LG