Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:08

OzodNazar: Amerikada mashina sovg‘a qilishganida olishdan qo‘rqqanman!


Kinochi Ali Hamroev
Kinochi Ali Hamroev

Xalqaro festivallarda Ali Hamroev ijodida urush motivlari aks etgan "Favqulodda komissar", "Yettinchi o‘q", "Kobuldagi jazirama yoz" filmlariga shu kunlarda e’tibor kuchli.

Suhbatni Ali Hamroev qo‘qoncha askiya bilan boshlab¸ “Meni o‘zbek vesternini yaratgan bobo desangiz ham roziman"¸ deya mutoyiba qildi.

Qo‘qonda tug‘ilib¸ shu kunlarda Moskvada ijod qilayotgan Ali aka 19 may kuni 79 yoshga to‘ldi.

Kino va O‘zbekiston ijtimoiy hayotiga oid mavzularda suhbatlashgan Hamroev o‘z marhum do‘sti¸ Italiya kinochisi Mikelandjelo Antonionidan iqtibos keltirdi:

- Antoniononi bilan sovet paytida Qo‘qonda choyxonada o‘tiribmiz. U kishi qarab turib o‘zbek xalqini fashistlar ham o‘zgartira olmaydi¸ uni kommunistlar ham o‘zgartira olmaydi¸ dedi. Qarang¸ qanaqa dono gap¸ hech o‘zgarmaydigan xalq¸ bu deydi suhbatdosh.

Али Ҳамроев билан суҳбат
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:24:40 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG