Линклар

logo-print

Bortida 66 yo‘lovchi bilan 19 may kuni O‘rtayer dengizi ustida radarlardan g‘oyib bo‘lgan EgyptAir shirkatiga qarashli uchoqni qidirish tun bo‘yi davom etdi.

Parijdan Qohiraga uchgan Airbus A320 uchog‘ining yo‘qolishiga terror xuruji sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Avvalroq Gretsiya rasmiylari suv yuzida qalqib yurgan matoh va qutqaruv kamzullari topilganini ma’lum qilganlar, Misr aviashirkati vitse-prezidenti ham uchoq parchalari topilganini bildirgandi. Biroq 19 may oqshomida EgyptAir vitse-prezidenti Ahmad Adel CNN telekanaliga topilgan parchalar ularning uchog‘iga tegishli bo‘lmaganini, yo‘qolgan uchoqni qidirish ishlari davom etayotganini ma’lum qildi.

Yo‘qolgan uchoq ichidagi yo‘lovchilarning 30 nafari misrlik, 15 nafari fransiyalik, yana 11 nafari boshqa mamlakatlar fuqarolari bo‘lgani aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG