Линклар

logo-print

Toshkentda Chechenistonning sobiq prezidenti Ahmad hoji Qodirov xotirasiga bag‘ishlangan diniy marosim o‘tkazildi. Bu haqda Ahmad hojining o‘g‘li, Chechenistonning amaldagi rahbari Ramzan Qodirov Instragramdagi o‘z sahifasida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston poytaxtidagi ma’rakada Checheniston muftiysi Saloh Mejiev, Shimoliy Kavkaz musulmonlari muvofiqlashtiruvchi markazi raisi Ismoil Berdiev, Checheniston va Qorachoy-Cherkes respublikalarining yuqori lavozimli mulozimlari ishtirok etganlar.

Ahmad hoji Qodirov O‘zbekistonning Buxoro va Toshkent shaharlarida diniy tahsil olgan.

Ramzan Qodirovning yozishicha, Kavkazdan kelgan delegatsiya vakillari O‘zbekiston muftiysi Usmonxon Alimov, Ahmad hojining ustozlari, hamsaboqlari va do‘stlari bilan uchrashib, suhbatlashganlar.

“Muloqot ishtirokchilari u (Ahmad hoji Qodirov) haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashganlar, uning eng yaxshi talaba bo‘lganini, a’lo baholarga o‘qiganini, imtihonlarni muddatidan avval topshirganini aytganlar”, deb yozadi Chechenistonning amaldagi rahbari.

2004 yili suiqasd qurboniga aylangan Ahmad hoji Qodirov mashhur o‘zbek olimi shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufni ustoz, deb bilardi. O‘tgan yil martida Ramzan Qodirov Checheniston poytaxti Grozniydagi ko‘chalardan biriga marhum Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomi berilishi haqida e’lon qilgan.

XS
SM
MD
LG