Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:31

NATOga a’zo davlatlar diplomatlari Rossiya tajovuziga munosib javob berish masalasini muhokama qilmoqdalar


NATOga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Bryusselda o‘tajak ikki kunlik uchrashuv chog‘ida alyans siyosatini Rossiyaning kuchayib borayotgan tajovuziga moslashtirish masalasini muhokama qiladilar. Bu haqda 19 may kuni NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg ma’lum qildi.

Stoltenbergga ko‘ra, uchrashuvning ilk kunida vazirlar iyul oyida Polshada o‘tadigan NATO sammitiga tayyorgarlik borasidagi muhim masalalarni ko‘rib chiqqanlar

Polshadagi sammitda NATO liderlari Rossiya tajovuzini tiyib turish uchun Yevropa sharqidagi mamlakatlarga ko‘proq qo‘shin joylashtirish qarorini rasman ma’qullashi kutilmoqda. Bu ish, Rossiya Qrim anneksiyasi va Ukraina sharqidagi ayirmachilarga dastak kabi tajovuzkor xatti-harakatlarni sodir etgan taqdirda, Sharqiy Yevropadagi NATOga a’zo mamlakatlarni “o‘z holiga tashlab qo‘yilmasligi” yuzasidan xotirjam qilish uchun amalga oshirilayotgani aytilmoqda.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri 19 may kuni Bryusseldagi uchrashuvda NATO o‘zining sharqiy flangida ishonchli mudofaa pozitsiyasini qurayotganini bildirdi. U alyansga a’zo davlatlarni mudofaa xarajatlarini ko‘paytirish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga chaqirdi.

XS
SM
MD
LG