Линклар

Qozog‘istonda yarim tundan beri Facebook va VKontakte ijtimoiy tarmoqlari, Twitter mikroblogi, WhatsApp va Viber messenjerlari hamda YouTube videoportali ochilmayapti. Telegram esa qisman ishlab turgan. Bu haqda TJ bloglar saytiga olmaotaliklardan biri ma’lum qilgan.

Bu resurslarning to‘silish aniq sababi noma’lum, biroq mahalliy aholi buni Yer islohotiga qarshi 21 mayga belgilangan ommaviy mitingga tadorik bilan bog‘lamoqda.

Olmaotaliklardan biriga ko‘ra, tungi soat 12 dan 1 gacha Qozog‘istonda Instagram va “Moy mir” doxil qariyb barcha aloqa platformalari ishlamagan. Soat 1 dan 2 gacha esa Olmaotada Internet mutlaqo ishlamay qolgan.

Ostonada esa, poytaxtliklarga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar ishlamay qolgan, biroq boshqa saytlarga mobil telefonlardan kirish mumkin bo‘lgan.

Yer kodeksiga o‘zgartishlar kiritilishiga qarshi 21 mayga mo‘ljallangan miting haqidagi ma’lumot so‘nggi oyda ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgandi. Ozodlikning qozoq xizmati xabariga ko‘ra, 17 maydan buyon ruxsat etilmagan mitingga chaqirgani uchun butun mamlakat bo‘ylab 20 dan ziyod kishi hibsga olingan.

Aprel va may oylarida Qozog‘istonning turli yirik shaharlarida yer masalasi bo‘yicha qator norozilik tadbirlari bo‘lib o‘tgan.

XS
SM
MD
LG