Линклар

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish hamda energiyani iqtisod qiluvchi texnologiyalarni tatbiq etishda yordam taklif qildi.

Kun.uz sayti ma’lumotiga ko‘ra, YeI Komissiyasining energetik ittifoq bo‘yicha vitse-prezidenti Marosh Shevchovich Toshkentda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashuv payti bu borada gapirib, O‘zbekistonga yordam taklif qilgan.

Shevchovich Toshkentdagi ikki kunlik safari davomida O‘zbekiston rasmiylari va biznes vakillari bilan uchrashib, Markaziy Osiyo uchun investitsiya jamg‘armasidan foydalanish imkoniyatlarini muhokama qilgan.

Hozirda bu borada biror kelishuv imzolangani noma’lum.

Joriy yil boshida Yevropa Ittifoqi O‘zbekistondagi elektr uzatish tarmoqlari modernizatsiyasi uchun 10 million evro miqdorida grant ajratishi ma’lum qilingan edi. Ushbu grant bo‘yicha keyinchalik hech qanday ma’lumot e’lon qilinganicha yo‘q.

2011 yil yanvarida Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston energetika sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolagan. Hujjatda Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar shirkatlarining O‘zbekistondagi yonilg‘i-energetik majmuasi sohalarini modernizatsiyalash, energiya tejaydigan texnologiyalarni tatbiq qilish hamda hududlararo transport-aloqa va tranzit yo‘laklarini rivojlantirish ishlarida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa-da, shu paytgacha bu borada bironta biznes-loyiha amalga oshirilgan emas.

XS
SM
MD
LG