Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:44

Qirg‘iziston Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasidan chiqmoqchi


Qirg‘iziston Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi va uning organlari faoliyatidagi ishtirokini muzlatish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dinara Kemelova 18 may kuni Bryusselda o‘tgan yuqori darajadagi Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo dialogi majlisida ma’lum qildi.

Qirg‘izistonlik diplomat mintaqaviy hamkorlik doirasida Markaziy Osiyodagi suv-energetika hamkorligi muammolariga, xususan, mintaqadagi ayrim mamlakatlarning suvdan foydalanish jihatlari va ehtiyojlarini hisobga olmayotgan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi faoliyatiga e’tibor qaratgan.Kemelovaga ko‘ra, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasini isloh qilish bo‘yicha Qirg‘iziston tomonidan bir necha bor o‘rtaga tashlangan takliflar amalga oshirilmagan.

Qirg‘iz diplomati jamg‘armada to‘la islohot amalga oshirilmagunicha Qirg‘iziston bu tashkilotda ishtirokini qayta tiklashni o‘ylamasligini ham qo‘shimcha qilgan.

Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi Markaziy Osiyodagi besh mamlakat – Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tomonidan ta’sis etilgan.

XS
SM
MD
LG