Линклар

Bugun O‘rtayer dengizining Aleksandriyadan 290 kilometr shimoldagi qismidan 19 may kuni g‘oyib bo‘lgan EgyptAir shirkatiga qarashli uchoqqa tegishli ekani taxmin qilinayotgan qoldiqlar topildi.

Bu haqda xabar qilgan Misr harbiylariga ko‘ra, samolyot qoldiqlari bilan birga yo‘lovchilarning shaxsiy buyumlari ham topilgan.

Hozirda samolyotning qora qutisini qidirish ishlari davom etayapti.

Avvalroq samolyot qoldiqlari topilgani haqidagi boshqa bir xabar tasdiqlanmadi.

Bortida 66 yo‘lovchi bilan Parijdan Qohiraga uchayotgan EgyptAir shirkatiga qarashli A320 uchog‘i payshanba kuni ertalab, havoga ko‘tarilganidan biroz o‘tib g‘oyib bo‘ldi.

Yo‘qolgan uchoq ichidagi yo‘lovchilarning 30 nafari misrlik, 15 nafari frantsiyalik, yana 11 nafari boshqa mamlakatlar fuqarolari bo‘lgani aytilmoqda.

Airbus A320 uchog‘ining yo‘qolishiga terror xuruji sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

XS
SM
MD
LG