Линклар

AQSh Ukraina bo‘hronidan aziyat chekayotganlar uchun ushbu mamlakat sharqidagi aholi uchun 28 million AQSh dollaridan ziyod mablag‘dagi insonparvarlik yordami ajratilishini e’lon qildi.

Bu haqda AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati xabarida aytiladi.

Ayni paytda Kievda bo‘lgan AQSh Davlat kotibining qochqinlar va migratsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining yordamchisi Nensi Izzo Djekson va AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) rasmiysi Robert Jenkins buni ma’lum qilishdi.

Rasmiylarga ko‘ra, insonparvarlik yordami orqali Qrim anneksiyasi va Rossiya agressiyasidan aziyat chekayotgan minglab odamlarga ko‘mak berish rejalangan.

BMT ma’lumotiga ko‘ra, Ukrainada 3,1 milliondan ziyod odam, jumladan, bolalar, nogironlar, qariyalar oziq-ovqat, suv, turar-joy, tibbiy xizmatdan mahrum holda qolayapti.

XS
SM
MD
LG