Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:21

Amerika O‘zbekistonda sintetik yonilg‘i ishlab chiqarmoqchi


AQShning Jackco Technology Group kompaniyasi O‘zbekistonda ko‘mirdan sintetik suyultirilgan yonilg‘i ishlab chiqarish loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi.

Sputnik nashrining “O‘zbekneftgaz” shirkatiga tayangan holda xabar qildi.

Bu boradagi loyiha bugun Toshkentda o‘tgan “O‘zbekiston neft va gazi: OGU-2016” Xalqaro 20-forumi doirasida imzolangan.

Loyihaga ko‘ra, yiliga 200 ming tonnagacha neft mahsulotlari ishlab chiqarish rejalangan.

2012- 2013 yillarda Toshkent viloyatining “Apartak” buroko‘mir kesmasida 700 million AQSh dollari qiymatidagi CTL zavodi qurilishi boshlagan. Biroq keyinchalik loyiha bekor qilingan va buning sababi ushbu hududda ko‘mir zaxirasi kamligi sabab qilib ko‘rsatilgan edi.

XS
SM
MD
LG