Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:02

NATO Sharqiy Yevropaga 3500 harbiyni joylashtirmoqchi


NATO Sharqiy Yevropaga 3500 harbiyni joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Filip Xemmond ma’lum qildi. Bu tadbir Rossiyaga nisbatan agressiyaga ega emasligini ta’kidlagan Xemmondga ko‘ra, harbiylar to‘rt yoki besh batalьondan iborat bo‘ladi.

Rasmiy xabarga ko‘ra, Rossiya bilan chegara hududlarga joylashtiriladigan harbiylar uchun AQShdan 2ta batalyon, Buyuk Britaniya va Germaniyadan bittadan batalyon ajratiladi. To‘rtinchi batalyon Daniya, Ispaniya, Italiya va Hollandiya harbiylaridan iborat bo‘lishi kutilmoqda.

Bu ish, Rossiya Qrim anneksiyasi va Ukraina sharqidagi ayirmachilarga dastak kabi tajovuzkor xatti-harakatlarni sodir etgan taqdirda, Sharqiy Yevropadagi NATOga a’zo mamlakatlarni “o‘z holiga tashlab qo‘yilmasligi” yuzasidan xotirjam qilish uchun amalga oshirilayotgani aytilmoqda.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri 19 may kuni Bryusseldagi uchrashuvda NATO o‘zining sharqiy flangida ishonchli mudofaa pozitsiyasini qurayotganini bildirdi. U alyansga a’zo davlatlarni mudofaa xarajatlarini ko‘paytirish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga chaqirdi.

XS
SM
MD
LG