Линклар

logo-print

O‘zbekiston prezidentining 13 maydagi farmoniga binoan, poytaxt Toshkentda Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etiladigan bo‘ldi. Alisher Navoiy nomi berilgan bu universitet o‘zbek tilini g‘ariblashishdan asray oladimi¸ degan savol javobini Ozodlikning Qurultoy eshittirishida muhokama qildik.

Qarorga ko‘ra¸ "Universitet tarkibida uchta fakultet: o‘zbek filologiyasi, o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish, o‘zbek-ingliz tarjima fakultetlari, shuningdek, O‘zbek tili va adabiyoti ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi".

Xabarga ko‘ra, universitetning bosh binosi oldidagi maydonda ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy haykalini o‘rnatish rejalashtirilgan.

Aynan Navoiy davlat amaldori sifatida turkiy til rivojini instuttsional hal qilishga uringan arbob sifatida ko‘riladi.

Til muammosi o‘tgan asr boshida yashagan Turkiston jadidlari tarafidan eng ko‘p ëzilgan mavzulardan biri.

Bu jihatdan “Sadoi Farg‘ona” gazetasida 1914 yili bosilgan Ashurali Zohiriyning “Ona tili” nomli maqolasi e’tiborga loyiq. U maqolasida millatning obro‘si unish adabiyotining tutgan o‘rni bilan bog‘liq ekanligi, adabiyoti past saviyada bo‘lgan millatning boshqa xalqlar orasida e’tibori bo‘lmasligini ta’kidlaydi:

“Bizning ham xoh ulamo va mudarrislarimiz, xoh yosh unsurlarimi bo‘lsunlar, bu muqaddas ona tilimizni tiriltirmoqlari anda tursin, balki yo‘qotmoqlikka sabab bo‘lurlar va ham bo‘lib turibdurlar. Na uchunki, ulamolarimizdan biri biror erga xat yoki birovga bergan narsasini xotira daftariga yozsa, ona tilini qo‘yib fors tilida yozadurlar. Yosh o‘smirlarimiz bo‘lsalar o‘z erliklaridan birini ziyofatga choqurib xat yozsalar ham, usmonlicha,, yoki totorcha yozadurlar; shoyadki, ona tilga muhabbat va islohi onlardin- bo‘lur erdi. Agar ulamolar, mudarrislar, Eron adabiyoti, tili ta’sirinda voyaga etgai bo‘lsalar, yosh o‘smirlarimiz bo‘lsalar totor va usmonli turk. adabiyoti vositasi ila fikrlarini ochgon. Shuning uchun ham, har ikki sinf ham o‘zlarining nur olg‘on taraflariga qarab tortadurlarda, ona tillariga haqorat nazari ila boqub, kundan-kun esdan chiqarmoqqa boshlaydurlar.”

Qurultoyda qatnashgan o‘zini jadid g‘oyalari davomchisi deb biladigan sobiq energetika vaziri Anvar Husainov yuz yildan beri kun tartibidan tushmay turgan muammoni yangi tashkil qilinadigan universitet atrofiga yig‘iladigan olimlar yechadi degan umidni bildirdi.

XS
SM
MD
LG