Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:27

Shoshilinch: Oq Uy oldida otishma. Gumonlanuvchi qo‘lga olindi


Vashingtonda Oq Uy oldida otishma ro‘y berdi. Maxfiy xizmat xodimlari juma kuni Oq Uy oldida qurol ko‘targan erkakka qarata o‘t ochganini ma’lum qildi huquq tartibot ildoralaridagi manba.

Qurollangan erkak qorin qismiga otilgani aytilmoqda. Voqedan xabardor ikki manbaning bildirishicha, yaralangan gumonlanuvchi hibsga olingan.

Hodisa ro‘y bergan paytda AQSh Prezidenti Barak Obama Oq Uyda bo‘lmagan. Prezident rasmiy rezidentsiyasida bo‘lgan vitse prezident Jo Bayden xavsizligi ta’minlangan. Oq Uyda joriy etilgan favqulodda vaziyat mahalliy vaqt bilan soat 16.00da bekor qilindi.

Maxfiy xizmat xodimlari tarafidan yaralangan gumonlanuvchi mahalliy kasalxonaga olib ketilgani xabar qilinmoqda. Voqea sodir bo‘lgan joydan unga qarashli avtomobil aniqlangan.

AQSh poytaxti politsiyasi juma kungi otishma Oq Uyga bevosita yaqin hududda ro‘y berganini bildirdi.

XS
SM
MD
LG