Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:27

Qamoqdan o‘ligi chiqqan buxorolik tadbirkor oilasi MXX bosimi ostida qolgan


Buxorolik 44 yoshli tadbirkor Ilhom Ibodovni qamoqda Milliy xavfsizlik xodimlari qiynab o‘ldirgani haqda xalqaro tashkilotlarga bong urgan marohumning yaqinlari huquq-tartibot idoralarining bosimi ostida qolganliklarini aytishmoqda. Marhumning singlisi Dilfuza Ibodova hozirda xavfsizlik idoralari akasining qamoqdagi shubhali o‘limi borasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilmaslik haqida advokati orqali bosim qilayotganini aytdi.

Buxorolik tadbirkorlar Rahim va Ilhom Ibodovlar o‘tgan yil avgust oyida qamalgan, bir oy o‘tib qamoqdan Ilhomning o‘ligi chiqqani haqda uni oilasi Ozodlikka va Fransiyadagi "O‘tyuraklar klubi"ga xabar qilgan edi.

Marhumning singlisi Dilfuza Ibodova Ozodlik bilan suhbatda O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati hukumat tarafidan tayinlangan advokat orqali akasining o‘limi haqida "O‘tyuraklar klubi" va shu tashkilotning rahbari Mo‘’tabar Tojiboeva bilan hamkorlik qilmaslik haqida bosim o‘tkazayotganini aytdi.

Қамоқдан ўлиги чиққан бухоролик тадбиркорнинг иснглиси Дилфуза Ибодова билан суҳбат.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:22 0:00
Бевосита линк

Buxoro shahridagi “Sitora” avtomobil bozorida tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelgan 44 yoshlik Ilhom Ibodov va uning akasi 48 yoshlik Rahim Ibodovlar o‘tgan yil 16 avgust kuni savdo qoidalarini buzganlik va noqonuniy valyuta oldi-sotdisini tashkil qilganlikda ayblanib, hibsga olingan edi.

Bir oy o‘tib Buxoro Milliy xavfsizlik boshqarmasi tergov izolyatoridan Ilhom Ibodovning o‘ligi chiqdi. Akasi Rahim Ibodov esa O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 189 – moddasi - Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish, 243-modda - Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish¸ hamda 177-moddasi - Valyutani qonunga xilof ravishda olish yoki sotishda aybli topilib, sakkiz yilga qamaldi.

Ilhom Ibodovning Ozodlikka yetib kelgan qamoqdan chiqqan jasadi suratlarida murdaning qorin va bel qismlarida ko‘kargan joylari va oyog‘ida jarohatlarini ko‘rish mumkin.

Buxoro viloyat sud-tibbiyot ekspertizasi Ilhom Ibodov o‘limi sabablarini o‘rganib, mahbus tergov izolyatorida yurak xurujidan vafot etgan, degan xulosani chiqargan.

Marhumning singlisi Dilfuza Ibodova akasining yuragi bilan bog‘liq muammosi bo‘lmaganini aytgan.

Tashkilot rahbari Mo‘’tabar Tojiboeva Ilhom Ibodov o‘limi yuzasidan tekshiruv o‘tkazilishini talab etmoqda:

Ўтюраклар клуби раҳбари Мўътабар Тожибоева билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:08 0:00
Бевосита линк

Qiynoqlar O‘zbekiston turmalarida va politsiya bo‘linmalarida juda keng tarqalgani aytiladi.

BMTning Qiynoqlarga qarshi qo‘mitasiga ko‘ra, qo‘lga olinganlardan iqrorlik ko‘rsatmalarini olish maqsadida ularni kaltaklash va zo‘rlash sistematik tus olgan.

Qo‘mitaga kelib tushgan arizalarga muvofiq, ba’zi hollarda hibsga olinganlar qiynoqlardan vafot etmoqda.

O‘zbekiston hukumati qamoqxonalarda qiynoqlar sistemati ekanini rad etib keladi.

O‘zbekiston rasmiylari iddaosicha, o‘tgan yilda mahkumlarni qiynoqqa solish holatlari bo‘yicha 61 ta shikoyat ko‘rib chiqilgan va shulardan 3 tasi o‘z tasdig‘ini topgan.

XS
SM
MD
LG