Линклар

EgyptAir uchog‘i qulashidan oldin salonda tutun detektori ishlab ketgan


Egypt -- The EgyptAir plane assuring the following flight from Paris to Cairo, after flight MS804 disappeared from radar, taxies on the tarmac at Charles de Gaulle airport in Paris, France, May 19, 2016.

Egypt -- The EgyptAir plane assuring the following flight from Paris to Cairo, after flight MS804 disappeared from radar, taxies on the tarmac at Charles de Gaulle airport in Paris, France, May 19, 2016.

EgyptAir shirkatining Airbus A320 uchog‘i qulashidan bir necha daqiqa oldin uchoq salonida tutun detektori ishlab ketgan.

Bu haqda Aviation Herald nashri uchoqlar bilan aloqa tizimlariga mas’ul ACARS tashkiloti rasmiylariga tayanib xabar qildi.

ACARS ekspertlariga ko‘ra, tutun detektori oldiniga uchoq hojatxonasida ishlab ketgan, bir necha daqiqa o‘tib uchoq bilan aloqa uzilgan.

O‘rtayer dengizida payshanba kuni yo‘qolgan Airbus A320 yo‘lovchi uchog‘ining siniqlari, ayrim yo‘lovchilarning jasadlari va yuklari topilgan.

Hozirda topilgan uchoq siniqlari o‘rganilmoqda. Bu haqda Gretsiya hukumati rasmiylari ma’lum qildi.

Uchoqning ikkita o‘rindiqi va odam jasadlari Misrning Aleksandriya shahridan 290 kilometr uzoqlikda topilgan.

Parijdan Qohiraga uchgan Airbus A320 uchog‘i payshanba kuni radar ekranlaridan g‘oyib bo‘lgan edi.

Uchoq bortida jami 66 odam bo‘lgan. Uchoq terror hujumiga uchragani tahmin qilinmoqda.

Hozirga qadar hech bir jihodchi guruh uchoq halokatiga mas’luiyatni zimmasiga olgani yo‘q.

XS
SM
MD
LG