Линклар

Farg‘ona viloyatidagi boshlang‘ich maktab o‘quvchisi O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovga atab madhiya bitdi.

So‘nggi kunlarda internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videolavhada Quva tumanidagi 64-umumta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi Mahsuma Abdulahadova ehtiros bilan Yurtboshiga atab yozgan to‘rt kupletlik she’rini o‘qib beradi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu videolavha dastlab taniqli xonanda Tohir Usmonov tomonidan Instagram’dagi sahifasiga joylashtirilgan.

Tohir Usmonov izohidan anglashilishicha, Mahsuma Abdulahadova she’ri Farg‘ona viloyatida o‘tkazilayotgan “Biz buyuk yurt farzandlarimiz” yoshlar festivali tadbirlaridan birida yangragan.

Tohir Usmonov videolavhani joylashtirib, ostiga “Farg‘onalik Zulfiyaxonim izdoshlari” deya izoh bitgan.

“Biz buyuk yurt farzandlarimiz” festivali Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashabbusi bilan “Kamolot”, Yoshlar madaniyat va san’at markazi hamda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi hamkorligida o‘tkazilmoqda.

She’ri boshida Mahsuma Yurtboshini qishlog‘iga mehmonga taklif qiladi.

U shuningdek katta bo‘lgach, Islom Karimovga "ataylab doston bitaman", deydi.

O‘zbekistonda Islom Karimovning nomi barcha rasmiy chiqishlarda “Muhtaram prezidentimiz”, “Muhtaram Yurtboshimiz”, “Mustaqilligimiz me’mori” kabi ta’riflarsiz zikr etilmaydi.

Televizion ko‘rsatuvlar va radio eshittishlar, gazeta va jurnallardagi maqolalarda prezident Karimov ulug‘lanadi va uning nomiga shukrona aytiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bildirilgan tanqidiy fikr mualliflari esa haqoratlar ostida qoladi.

Rahbarlarni ulug‘lash Qirg‘iziston istisno Markaziy Osiyoning barcha davlatlarida chuqur ildiz otgan:

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon "Millat peshvosi" deb tilga olinadi;

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov "Arkadag" nomi bilan mashhur;

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboev esa "Elboshi" deya tilga olinadi.

XS
SM
MD
LG