Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:59

Tojikistonda xalq prezident Rahmon qudratini mustahkamlash uchun ovoz bermoqda


Imomali Rahmon Tojikistonni deyarli chorak asrdan buyon idora etib keladi
Imomali Rahmon Tojikistonni deyarli chorak asrdan buyon idora etib keladi

Tojikiston bo‘ylab mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha umumxalq referendumi bo‘lib o‘tmoqda.

Konstitutsiyaning 41 bandiga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutgan referendum prezident Imomali Rahmon hokimiyatini amalda yanada mustahkamlashga qaratilgan.

Saylovchilar “ha” yoki “yo‘q” deya javob berish huquqiga ega.

Konstitutsiyaning alohida bandlari bo‘yicha ovoz berish imkonsiz.

Tojikiston Markaziy Saylov Komissiyasining boshlig‘i Baxtiyor Xudoyorzoda saylov uchastkalari ochilishidan uch soat o‘tib, ovoz berganlar soni 30 foizni tashkil etganini aytdi.

Тожикистонда халқ президент Раҳмон қудратини мустаҳкамлаш учун овоз бермоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:15 0:00

Konstitutsiyaga kiritilayotgan eng muhim o‘zgarishlar jumlasiga Rahmon prezidentlik muddatidagi cheklovni olib tashlash, prezident bo‘lish uchun belgilangan yoshni ozaytirish va diniy e’tiqodga asoslangan siyosiy partiyalarni tuzishni taqiqlash kiradi.

Prezident muddatidagi cheklovni olib tashlashga oid konstitutsiyaviy band faqat Imomali Rahmonga taalluqlidir.

Bu bandga muvofiq, Imomali Rahmon istaganicha prezident bo‘ladi va uning oilasi hech qachon jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.

Imomali Rahmon Tojikistonni deyarli chorak asrdan buyon idora etib keladi.

Tanqidchilarga ko‘ra, Rahmon oxirgi yillarda diniy erkinliklar, fuqaroviy jamiyat va siyosiy turfafikrlikka nisbatan tobora toqatsiz bo‘lib borayotir.

Referendumda shuningdek saylovchilardan prezident bo‘lish uchun belgilangan yoshni 35 dan 30ga tushirish so‘ralgan.

Bu o‘zgarish Imomali Rahmonning 29 yashar o‘g‘li Rustam Rahmonga otasining o‘rniga ertaroq qudratga kelish imkonini beradi.

Bundan tashqari referendumda dinga asoslangan partiyalarni tuzishni taqiqlash ham taklif qilingan.

Ayni paytda Tojikistonda o‘tgan yili faoliyati taqiqlangan Tojikiston Islom Uyg‘onish Partiyasining etakchi faollari ustidan mahkama ishi davom etmoqda.

Hukumat “terrorchi”, deya e’lon qilguniga qadar, Tojikiston Islom Uyg‘onish Partiyasi ko‘pchilik tomonidan mo‘’tadil partiya sifatida ko‘rilardi.

Tojikistonda so‘nggi bor referendum 2003 yilda o‘tkazilgan va unda prezidentlik muddati uzaytirilgan edi.

1999 yilda o‘tkzailgan referendumda esa diniy siyosiy partiyalar faoliyatiga izn berilgandi.

XS
SM
MD
LG