Линклар

Pentagon Tolibon rahbari Mullo Axtar Mansurga qarshi havo hujumi uyushtirganini e’lon qildi.

AQSh mulozimi esa Mansur “o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin” deb aytdi.

AQSh mudofaa vazirligi matbuot kotibi Peter Kukning aytishicha, hujum Afg‘onistonning Pokiston bilan chegaradosh ovloq mintaqasida 21 may tongida sodir etilgan.

U Qo‘shma Shtatlar hujum natijalarini o‘rganayotganini aytdi.

Ammo, rasman amaliyotni mubohisa qilish izni bo‘lmagan boshqa bir AQSh rasmiysining aytishicha, Mansur va u bilan birga mashinada bo‘lgan yana bir qurolli havo hujumida halok etilgan bo‘lishi mumkin.

AQSh mulozimi hujum pilotsiz uchoq tomonidan janubi-g‘arbiy Ahmad Val shaharchasida amalga oshirilganini aytdi.

Tolibonning qator qo‘mondonlari ushbu xabarni asossiz, deya rad etganlar.

Tahlilchilarga ko‘ra, agar Tolibon rahbari, Mullo Axtar Mansurning o‘limi tasdiqlansa, Tolibon va Afg‘oniston hukumati o‘rtasidagi tinchlik muzokaralariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

XS
SM
MD
LG