Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:12

Tojikistonda konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tdi


Tojikiston konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha umumxalq referendumi o‘tkazilgan deb hisoblandi, deya e’lon qildi Tojikiston Markaziy saylov komissiyasi.

Unga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 12 da 2 million 933 ming 812 kishi yoki jami saylovchilarning 66 foizi ovoz berib bo‘lgan.

Referendumning dastlabki natijalari dushanba kuni e’lon qilinadi.

Konstitutsiyaning 41 bandiga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutgan referendum prezident Imomali Rahmon hokimiyatini amalda yanada mustahkamlashga qaratilgan.

Saylovchilar “ha” yoki “yo‘q” deya javob berish huquqiga ega.

Konstitutsiyaning alohida bandlari bo‘yicha ovoz berish imkonsiz.

Konstitutsiyaga kiritilayotgan eng muhim o‘zgarishlar jumlasiga Rahmon prezidentlik muddatidagi cheklovni olib tashlash, prezident bo‘lish uchun belgilangan yoshni ozaytirish va diniy e’tiqodga asoslangan siyosiy partiyalarni tuzishni taqiqlash kiradi.

XS
SM
MD
LG