Линклар

O‘zbekiston Futbol federatsiyasi Qirg‘iziston terma jamoasi bilan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘rtoqlik uchrashuvini bekor qildi.

Uchrashuv 2 iyun kuni Toshkentning “Bunyodkor” stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Xabarlarga qaraganda, O‘zbekiston Futbol federatsiyasi shu kuni o‘tkaziladigan uchrashuv uchun boshqa davlat jamoasini izlamoqda. Xabarda uchrashuv nega bekor qilingani sabablari ochiqlanmagan.

Qirg‘iziston Futbol federatsiyasi rasmiylari uchrashuv O‘zbekiston tashabbusi bilan bekor qilinganini tasdiqlagan holda, bunday qaror sabablaridan bexabar ekanini bildirdi.

XS
SM
MD
LG