Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:48

Bugun Toshkentga ShHT tashqi ishlar vazirlari yig‘iladi


Toshkentda bugun Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi boshlanadi.

23-24 may kunlari o‘tadigan yig‘inda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Erlan Idrisov, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I, Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildaev, Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov hamda ShHT bosh kotibi Rashid Alimov ishtirok etadi.

Mazkur yig‘in Toshkentda iyun oyida o‘tadigan ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari sammitiga tayyorgarlik ko‘rishning yakuniy bosqichi hisoblanadi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligininig bildirishicha, kengash ishida ishtrok etish uchun kelgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni prezident Islom Karimov Oqsaroyda qabul qiladi.

XS
SM
MD
LG