Линклар

Prezident Barak Obama Osiyoga bir haftalik rasmiy safarini Vyetnamdan boshladi.

Obama Vyetnamda hukumat rasmiylari bilan muzokaralar o‘tkizganidan so‘ng Vashington va Xanoy hamkorligi to‘g‘risida nutq so‘zlashi kutilmoqda. Obama Vyetnamda uch kun bo‘lib, tadbirkorlar va fuqarolik jamiyati faollari bilan ham uchrashadi.

Vyetnamdan so‘ng AQSh prezidenti Yaponiyaga boradi hamda Katta yettilik sammitida ishtirok etadi.

Yaponiyada Obama Xirosima shahrini ziyorat qiladi.

Obama 1945 yilda AQSh Xirosima va Nagasakiga atom bombasi tashlaganidan beri bu shaharni ziyorat qilgan Amerikaning birinchi prezidenti bo‘ladi.

Oq Uyning bildiriishcha, prezident Xirosimani ziyorat qilish paytida atom bombasi tashlangani uchun uzr so‘ramaydi.

XS
SM
MD
LG