Линклар

Pokiston Tashqi ishlar vazirligi yakshanba kuni AQShning mamlakat hududida toliblarga qarshi o‘tkizgan havo hujumiga norozilik bildirdi.

Pokiston tomonining bildirishicha, AQSh havo hujumi uyushtirilishi haqida mamlakat bosh vaziri Navoz Sharif oldindan ogohlantirgan emas.

Uchuvchisiz boshqariladigan uchoqlar hujumlarni yakunlaganidan so‘nggina bu haqda bosh vazir va harbiy rahbariyatga ma’lumot berilgan.

Pokiston shundan kelib chiqqan holda AQSh hujumi davlat suverenitetini buzish bo‘ldi, deb hisoblashini bildirgan.

Avvalroq Afg‘oniston rasmiylari AQSh tomonidan 21 may kuni Pokistonning Balujiston viloyatiga uyushtirilgan hujumda Tolibon rahbari Mullo Axtar Mansur halok bo‘lganini xabar qilgan edi. Biroq AQSh tomoni bu ma’lumotni hozircha to‘liq tasdiqlagan emas.

XS
SM
MD
LG