Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:11

Iroq armiyasi Fallujani "Islomiy davlat"dan ozod qilish amaliyotini boshladi


Iroq bosh vaziri Haydar al Abodiy Falluja shahrini “Islomiy davlat” guruhidan ozod qilish bo‘yicha harbiy amaliyotlar boshlanganini ma’lum qildi.

22 may kuni kechqurun Iroq telekanallarida qilgan chiqishida Abodiy hukumat kuchlari “Islomiy davlat” guruhi ustidan "buyuk g‘alabaga yaqinlashayotgani"ni ta’kidladi.

Abodiy Iroq armiyasi harbiy amaliyotlari boshlanishi munosabati bilan fallujaliklarni shaharni tark etishga chaqirdi.

Falluja shahri poytaxt Bag‘doddan 65 kilometr g‘arbda joylashgan. “Islomiy davlat” Fallujani 2014 yilda egallab olgan edi.

O‘z chiqishida Abodiy Iroq armiyasi "Islomiy davlat" ustidan bir qator g‘alabalarga erishganini, jumladan, Anbar viloyatidagi Rutba shahri ham janggarilardan tozalanganini ma’lum qildi.

Ayni paytda “Islomiy davlat” guruhi Iroq shimolidagi katta hududni, jumladan, mamlakatning ikkinchi yirik shahri bo‘lgan Mosulni nazorat qilmoqda.

XS
SM
MD
LG