Линклар

Bugun Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Toshkentga tashrif buyurishi kutilmoqda. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, tashrif chog‘ida Lavrov prezident Islom Karimov bilan uchrashadi, hamda Toshkentda o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti tashqi ishlar vazirlari yig‘inida ishtirok etadi.

Dushanba kuni Toshkentda boshlanayotgan ShHT yig‘inda O‘zbekiston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy, Qirg‘iziston va Qozog‘iston diplomatik idoralari rahbarlaridan tashqari, tashkilot bosh kotibi Rashid Alimov va ShHT qoshidagi mintaqaviy aksil-terror tuzilma ijroiya qo‘mitasi direktori Yevgeniy Sisoev qatnashadi.

Kelasi oyda Toshkentda ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashi yig‘ini o‘tkaziladi. O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasida so‘nggi oylarda kuzatilayotgan taranglik bois, prezident Almazbek Atambaev Toshkent sammitiga kelmaslik bilan tahdid qilgan.

XS
SM
MD
LG