Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:03

AQSh prezidenti Tolibon yetakchisi o‘ldirilganini tasdiqladi


AQSh Prezidenti Barak Obama Afg‘onistondagi Tolibon harakati yetakchisi Mulla Axar Mansur o‘ldirilganini tasdiqladi va bu hodisani Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish urinishlari uchun “muhim marra”, deya olqishladi.

“Amerika va koalitsiya kuchlariga qarshi hujumlarni amalga oshirib kelgan, Afg‘oniston xalqiga qarshi urush e’lon qilgan, hamda Al-Qoyda kabi eksremist guruhlar bilan bir safda bo‘lgan tashkilot yetakchisini yo‘q qildik”, deya bayon qildi Obama 23 may kuni.

Afg‘oniston rasmiylari Mansur 21 may kuni Pokistonning afg‘on chegarasiga tutash Balujiston viloyatida o‘ldirilganini bildirdi. Pokiston Tashqi ishlar vazirligi pilotsiz uchoqlar yordamida amalga oshirilgan hujum mamlakat suverenitetini buzishini aytib, uni qoraladi. Qo‘shma Shtatlar hujumni amalga oshirishdan avval Islomobodni ogohlantirmaganini tanqid qildi vazirlik.

Mansur 2015 yilning iyulida Tolibon yetakchisi etib saylangan edi. Undan bir necha kun avvalroq Afg‘oniston hukumati Tolibon etakchisi Mulla Muhammad Umar ikki yil oldin Pokistonning Karachi shahrida o‘lganini e’lon qilgan edi.

XS
SM
MD
LG