Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:31

Suriyadagi portlashlarda 100dan oshiq odam halok bo‘ldi


Suriyalik faollarning bildirishicha, prezident Bashar Assad rejimi nazoratidagi ikkita hududda amalga oshirilgan qator hujumlar oqibatida 100dan oshiq odam halok bo‘lgan.

23 may kungi hujumlar uchun mas’uliyatni “Islomiy davlat” eksrtemist guruhi o‘z zimmasiga oldi.

Qarorgohi Britaniyada joylashgan Suriya Inson huquqlari observatoriyasi portlashlarning uchtasi O‘rta dengiz sohilidagi Tartus shahrida ro‘y berganini bildirdi. Bu shaharda Rossiya harbiy flotiga qarashli kichik baza joylashgan.

Yana to‘rtta portlash 60 kilometr shimolroqdagi Jableh shahrida sodir bo‘ldi. jami yettita portlashning bir nechtasi xudkush bombachilar tarafidan amalga oshirildi.

Davlatga qarashli SANA agentligiga ko‘ra, portlashlardan biri Tartus shahridagi avtovokzalda ro‘y bergan. Jeblehda esa bir nechta inshoot, jumladan kasalxona nishonga olingan.

Ikkala shahar Suriyada 2011 yil mart oyidan beri davom etayotgan fuqarolar urushidan nisbatan ihotalangan edi. Moskva bomba hujumlari borasida xavotir bildirdi. Fevral oyida AQSh va Rossiya vositachiligida urushayotgan tomonlar o‘rtasida sulhga erishilgan edi. Besh yil ichida Suriya urushida kamida 270 ming odam halok bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG