Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:30

OzodNazar: "Stalin rasmini ko‘targanlar javobgarlikka tortilishi kerak”


O‘zbekistonda bir guruh ziyolilar hukumat nomiga murojaatnoma tayyorlab, poytaxt mamlakatda Iosif Stalin portret va rasmlarining tarqalishiga qarshi chora ko‘rishni talab qilish niyatida.

Murojaatnoma tashabbuskorlaridan biri, tarixchi Anvar Nazirning aytishicha, Stalin rasmi va portretlarining tarqatganlar jazoga tortilishi zarur.

9 may kuni Toshkentdagi "Birodarlar qabristoni" memorial majmuasida o‘nlab fuqarolar Ikkinchi Jahon urushi qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan "Barhayot polk" aksiyasida ishtirok etib, ulardan ba’zilari Stalin rasmini ko‘tarib turishgan edi.

Ozodlik tasarrufidagi videoda ishtirokchilarning ayrimlari ko‘ksida "Georgiy lentalari", ayrim bolalar esa harbiy kiyimlarni kiyib olishgani aks etgan.

​Ayni mavzu yuzasidan OzodNazar ruknida Anvar Nazir o‘z fikrlarini bildirdi.

XS
SM
MD
LG