Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:59

OzodlikOnline: O‘zbekiston shaharlarida hayot sifatini yaxshilash uchun nima qilish kerak?


Uzbekistan - parking of Farhod bazaar in Tashkent
Uzbekistan - parking of Farhod bazaar in Tashkent

Hayot Sifati Indeksi reytingida Toshkentning ro‘yxat ostiga qo‘yilgani O‘zbekistonning boshqa shaharlaridagi vaziyatga oid chizgi hamdir. O‘zbekiston shaharlarida hayot sifatini yaxshilash uchun nima qilish kerak? 24 may, seshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.05da boshlanadigan OzodlikOnline dasturida shu haqda gaplashamiz.

O‘zbekistonlik faollar Toshkentning hayot sifati eng yomon bo‘lgan shaharlar qatoridan olib tashlashga chaqiruvchi petitsiyani boshladi. Causes.com internet resursida tashkil qilingan petitsiyani bir kun davomida imzolaganlar soni 500ga ham yetmadi. Tashabbus mualliflari kamida mingta imzo to‘plashga umid qilmoqda.

21 may kuni Mercer konsaltinu firmasi e’lon qilgan Hayot Sifati Indeksi (Quality of Living Index) reytingiga ko‘ra, Toshkent hayot sifati eng past bo‘lgan shaharlardan biri deb topildi.

O‘zbekiston poytaxti, ya’ni maqomiga ko‘ra hayot tarzi sog‘lom va farovon bo‘lishi kerak bo‘lgan Toshkentga bunday bahoning berilishi mamlakatning boshqa shaharlaridagi vaziyatga oid chizgi hamdir.

O‘zbekiston shaharlarida hayot sifatini yaxshilash uchun nima qilish kerak?

OzodlikOnline eshittirishining navbatdagi sonida ana shu haqda gaplashamiz.

Bu suhbatda o‘z fikr-mulohazalaringizni bildirish uchun 24 may, seshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.05da boshlanadigan interaktiv muloqotda qatnashing.

Jonli muloqotga OzodSkype, OzodOvoz va OzodlikOnline Skype manzillari, shuningdek, WhatsApp, Telegram, Viber, IMOdan +420.724.971.539 raqamiga telefon qilish orqali bevosita qo‘shilishingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG