Линклар

logo-print

Andijonlik tadbirkor Hayotillo Baybaev Andijon shahrida qayta qurilgan savdo kompleksi ichida buzib yuborilgan ikkita savdo do‘koni uchun haq ololmayotganidan shikoyat qildi. Uning da’vo qilishicha, xususiy mulki hisoblangan do‘konlarni bankdan olingan kredit hisobiga sotib olgan. Hali kredit to‘lovlari bitmay, turib do‘konidan ayrilgan tadbirkor endi bank qarzni to‘lashni talab qilib, uni sudga berganidan arz qilmoqda.

Tadbirkor qo‘lidagi oldi-sotdi shartnomasi, xususiy mulkka berilgan kadastr hujjati va guvohnomani Ozodlikka yo‘lladi.

Hujjatlarda Andijondagi "Eski shahar" markaziy dehqon bozoridagi ikki do‘kon Hayotilloning onasi - Sahodat Baybaeva nomiga olingan xususiy mulk ekani aytilgan.

Bu savdo markazi o‘tgan yili yozda buzilib, qayta qurilgan va buzilish chog‘ida aksar tadbirkorlarga berilgan savdo do‘konlari buzib tashlangani haqida Ozodlikka avval ham shikoyatlar kelgan edi.

- Biz bu do‘konlarni onamning nomiga olganmiz va hozir buzilgan do‘konlarimiz o‘rniga ikkita savdo rastasini berdi. U ham faqat foydalanish uchun berildi. Bankka shuncha yildan beri savdodan tushgan puldan kredit to‘lab kelayotgan edik. Do‘kon buzilganidan so‘ng savdo to‘xtadi va endi kreditni ham to‘lolmay turibmiz. Hokimiyat avvaliga buzilgan do‘kon uchun pul beramiz, degan edi. Endi bermayapti, bank esa qarzini atay uzmayapti, deb bizni sudga berdi. Murojaat qilmagan joyim qolmadi, iltimos yordam beringlar! - deydi tadbirkor.

Quyida u bilan suhbatni tinglashingiz mumkin:

---------------------------------------------------------------------------------------------------
Muhim eslatma: OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr-mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG