Линклар

Andijon voqealaridan keyin qamalganlar yalpi “raskrutka” qilinmoqda


Andijon voqealariga aloqadorlikda ayblangan yuzlab odamga 10-18 yillik qamoq jazosi tayinlangan edi.

Andijon voqealariga aloqadorlikda ayblangan yuzlab odamga 10-18 yillik qamoq jazosi tayinlangan edi.

Shu kunlarda 2005 yil 13 may kungi Andijondagi qonli voqealardan so‘ng uzoq muddatli qamoqqa hukm qilinganlar aksarining ozodlikka chiqishi kutilmoqda. Ammo Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ qamoq muddati tugaganlar arzimagan bahona bilan zonada sud qilinib¸ ular jazo muhlati uzaytirilmoqda.

Andijonlik mahkumlar yaqinlaridan ayrimlarning Ozodlikka bildirishicha¸ 2005 yil voqealariga aloqadorlikda ayblanib¸ berilgan jazo muddatini o‘tab bo‘layotganlar qamoqda yoppasiga “raskrutka” qilinmoqda.

“Chiqishi keraklar chiqmayapti. Yo‘q yerdan sabab topib¸ pachkalab qo‘shib berishayapti. Ularning uyidagilar buni birovga aytishga ham qo‘rqishmoqda. Gapirsalaring¸ mahbuslaringga ziyon qilasizlar¸ deb qo‘rqitib qo‘yishgan”¸ deydi andijonliklardan biri.

Andijon voqealariga aloqadorlikda ayblanganlarning mamlakat ichkarisi va tashqarisidagi yaqinlari ana shu bosim ostida sukut saqlaëtgani bois¸ hozircha Ozodlik ixtiyorida 2016 yil may oyiga kelib qancha mahbusning jazo muddati to‘lganiyu¸ qanchasiga qo‘shib berilganiga oid aniq ma’lumot yo‘q.

Ayrim huquq faollari¸ qamoqdagi andijonliklar yaqinlarining o‘zlari ham bundan bexabarligini aytadi:

- 2006 yil Toshkent viloyatidagi tuman sudlarida Andijon voqealarida qatnashganlar ustidan katta sud jarayonlari bo‘lgan edi. Men ham ularni kuzatganman. Bir martada15-20 tadan odamni sudlashgan. Ularning hammasiga 12-18 yillik uzoq muddat berilgan. Gap shundaki¸ bu odamlar ustidan chiqarilgan hukm nusxasi¸ ularning qanchaga qamalib¸ qayerda jazoni o‘tashiga oid ma’lumot hech kimga¸ hatto yaqinlariga ham berilmagan. Shuning uchun kimning qachon chiqishi kerakligi haqida aniq gapirish qiyin¸ deydi O‘zbekiston Mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Sur’at Ikromov.

2005 yil 13 may kuni Andijon markazida sodir bo‘lgan qonli voqealar O‘zbekiston hukumati tomonidan “terrorchilik va davlat to‘ntarishi qilishga urinish” deb baholandi. Bu voqealarga aloqadorlik bilan yuzlab odam hibsga olindi va 2005-2007 yillar davomida O‘zbekiston bo‘ylab ular ustidan mahkama jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

Sur’at Ikromov taxminicha¸ Andijon voqealariga aloqadorlikda ayblanib¸ kamida 460 odam sudlangan:

- Bu odamlarning to‘g‘rida-to‘g‘ri terrorchilikka aloqasi yo‘q edi. Bular Andijon voqealarini kuzatganlar¸ unga guvoh bo‘lganlar¸ “akramiylar”ning qarindoshlari va hokazolar. Bularga 7-10 ta og‘ir modda qo‘ygan. 159¸ 244-moddadan tashqari terrorizm ham bor¸ qo‘poruvchilik ham bor. Endi bular chiqsa¸ ko‘p narsani biladi. Sirni bilgani uchun ularni chiqarmaydi¸ deb o‘ylayman. Hozir ko‘pining raskrutka qilinayotganidan xabarim bor¸ deydi Sur’at Ikromov.

Andijonlik huquq faoli Saidjahon Zaynobiddinov ham Andijon voqealaridan keyin sudlanib¸ 7 yillik qamoqqa hukm qilinganlardan biri.

2008 yil boshida qariyb uch yillik qamoqdan so‘ng amnistiya bo‘yicha ozod etilgan Zaynobiddinov¸ 2007-2010 yillarda Andijon voqealaridan keyin qamalganlarni avf etish yoki ozodlikka chiqarish boshlangani¸ biroq keyingi yillarda mintaqa va jahonda kuchaygan islomiy ekstremizm tahdidi bu jarayonni to‘xtatib qo‘yganini aytadi:

- Amnistiya bo‘lganlar¸ srokini o‘tab kelganlar bor¸ yo‘q emas. Masalan¸ bittasi Qobil Parpievning o‘g‘li Jahongir. Keyin qorasuvliklarning deyarli hammasi chiqib keldi. Eslasangiz¸ Andijondan keyin Qorasuvda ham spontanniy miting bo‘lib¸ odamlar dardini aytib solgan edi. Ular akramiylarga g‘oyaviy aloqador bo‘lmagani uchun¸ hammasi chiqarildi. Akramiylarning bevosita o‘zlari¸ ularning kattakonlari¸ baytulmolni tashkil qilganlarni chiqarishmayapti. 2010 yilgacha sal yumshab¸ ancha-muncha akramiyni ham chiqarishni boshlashgandi. Lekin keyin Qirg‘izistondagi voqealar¸ keyin Suriya¸ Misr¸ Tunisdagi voqealar¸ IShIDning chiqishi¸ hukumatni ehtiyotkor qilib qo‘ydi. Chiqarishlar konservatsiya qilindi. Boshqa tomondan¸ orada kimnidir chiqarayotgan bo‘lsa¸ ulardan xabar topmayotgan bo‘lishimiz ham mumkin¸ deydi andijonlik huquq faoli.

2005 yil 12 maydan 13 ga o‘tar kechasi hukumat tomonidan diniy-ekstremistik “Akramiylar” guruhi a’zolari deb atalayotgan shaxslar Andijon qamoqxonasiga hujum qilib¸ u yerdagi mahbuslarni ozod qilgan¸ so‘ngra qator hukumat binolari¸ xususan¸ viloyat hokimligini ishg‘ol qilgan edi.

13 may kechqurun hokimlik binosi oldida to‘plangan ko‘p ming kishilik olomon hukumat kuchlari tomonidan o‘qqa tutilgan va oqibatda rasmiy Toshkent hisobicha¸ 187 odam halok bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG