Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:01

Moskvada otib ketilgan muhojir ko‘zidan ayrildi


Sulaymon Saidov shifoxonada
Sulaymon Saidov shifoxonada

23 may kuni Moskva kasalxonasida shu yilning 8 aprelida metro vagonida otib ketilgan tojikistonlik Sulaymon Saidov ko‘zini olib tashlash jarrohlik amaliyoti o‘kazildi.

Sulaymonning ko‘zidagi operatsiyasidan tashqari bosh suyagidagi yoriqlarni tiklash Fuqaroviy ko‘mak va shaharda faoliyat yuritayotgan mehnat muhojirlari moddiy ko‘magi yordamida amalga oshirildi.

Rossiya poytaxtidagi Gelmgolts nomidagi Ko‘z kasalliklari institutida 23 may kuni tojikistonlik Sulaymon Saidov ko‘zida murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Aniqrog‘i, jarrohlar joriy yilning 8 aprelida Moskva metrosida travmatik pistoletidan otib ketilgan 38 yoshli bu muhojir yigitning ko‘zini saqlab qolishga imkon yo‘qligini bildirib, uni olib tashladi.

Ko‘zni olib tashlashga “Fuqaroviy ko‘mak” tashkiloti va tojik muhojiri yaqinlari tomonidan 59 ming rubl mablag‘ yig‘ildi. Shuningdek, migrantning yorilgan bosh suyagini tiklashga zarur bo‘lgan metall plastinalarini o‘rnatishga qo‘shimcha mablag‘ zarurligi aytilmoqda.

Bundan oldinroq Pirogov Ilmiy tadqiqot instituti shifokorlari otilgan o‘qdan yorilib ketgan bosh suyagida murakkab operatsiya o‘tkazib, suyak siniqlarini olib tashlagan edi.

Olib tashlangan ko‘z o‘rniga maxsus protez qo‘yildi.

Metroning “Kalujskaya” va “Profsoyuznaya” bekatlari oralig‘ida sodir etganlikda ayblanib hibsga olingan 59 yoshli moskvalik Sergey Saryov avvaliga Saidov va uning jiyani Muhammadjon Hakimovni “Qora maymunlar!” va boshqa so‘zlar bilan haqorat qilgan. Mast holatda bo‘lgan bu shaxs “Bu vagon faqat ruslar uchun, senlarning joying emas!” deb, vagonni tark etishni talab qilgan.

Mezbon unga gap qaytarib ko‘rgan Sulaymonni boshidan va qornidan o‘q otgan.

S.Saidov Moskvada
S.Saidov Moskvada

Saryov otishmadan ko‘p vaqt o‘tmasdan politsiya tomonidan qo‘lga olingan. Rossiya Tergov qo‘mitasi Sergey Saryovga nisbatan Rossiya Jinoyat Kodeksining 105 moddasi 1 qismi, ya’ni “odam o‘ldirishga urinish” asosida jinoiy ochdi va sud qarori bilan 2 oyga hibsga oldi.

Nogiron bo‘lib qolgan 5 nafar farzandning otasi Sulaymon Saidov himoyachilari ayblanuvchidan moddiy va ma’naviy zararni undirishga sudga ariza topshirilganini ham bildirdi.

Jabrlanuvchi Sulaymon Saidov advokati tergovchilar moskvalik millatchiga nisbatan “milliy adovat” asosida yangi ayblov moddasi qo‘yilishi mumkinligini inkor etmadi.

XS
SM
MD
LG